Qidiruv

Toshkent Moliya Instituti talabalari bilan uchrashuv

 

 

 

Ushbu uchrashuv ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda "Global Insurance Group" sug‘urta kompaniyasining bosh menedjeri talabalarga sug‘urta yo‘nalishining asoslari, kompaniyaning tashkiliy faoliyati haqida ma‘lumot berib o‘tdi va talabalarning qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

Uchrashuv ohirida barcha qatnashuvchilarga "Global Insurance Group" sug‘urta tashkiloti tomonidan esdalik sovg‘alari berildi va iqtidorli talabalarga sug‘urta tashkilotida amaliy faoliyat ko‘rsatish taklif qilindi.

Bunday uchrashuvlar talabalarning moliyaviy tashkilotlarning amaliy faoliyati haqida xabardor bo‘lishlariga va kelajakda ish o‘rin topishlariga yordam beradi. Shunday ekan, "Global Insurance Group" sug‘urta tashkilotining maqsadlaridan biri yangi avlodga o‘ta foydali bo‘ladigan bu kabi uchrashuv va ochiq darslar sonini ko‘paytirishdir.