Qidiruv

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig'ilishida «Global Insurance Group» AJning 2023 yildagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi

Yig'ilish davomida, «Global Insurance Group» AJ Bosh direktorining 2023 yil biznes-rejasi asosiy ko'rsatkichlarining bajarilishi va Jamiyat rivojlanish strategiyasiga erishish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotini tasdiqlash, «Global Insurance Group» AJning 2023 yil yakunlari bo'yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zarari hisobi bo'yicha hisoboti va auditorlik tekshiruvi xulosalarini tasdiqlash, Jamiyatning 2024 yil uchun yillik biznes-rejasini tasdiqlash va Jamiyatning Bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Shuningdek, yig'ilish kun tartibidagi barcha masalalar yagona aksiyador tomonidan tasdiqlandi.